HayotYutqazganJoydanBoshlanar

Contains ads
50K+
Downloads
Content rating
Everyone
Screenshot image
Screenshot image
Screenshot image
Screenshot image
Screenshot image
Screenshot image
Screenshot image
Screenshot image

About this app

«Hayot yutqazgan joyingdan boshlanar»
(Yutqazganingda emas, voz kechganingda yengilasan)

Yosh boʻlishiga qaramay, millionlab turk kitobxonlari mehrini qozonib ulgurgan Mirach Chagʻri Oqtoshning ushbu kitobi ilk bor oʻzbek tiliga o'girilib, oʻquvchilar hukmiga taqdim etilmoqda. Mazkur asarda muallif muqaddas Qur'oni Karimdagi suralar, paygʻambarlar hayotidan ibratli voqealardan misollar, jahonga tanilgan koʻplab mutafakkirlar, donishmand allomalarning purma'no fikrlaridan iqtiboslar keltirib, falsafiy mushohada yuritadi. U insonlarni ezgulikka, xayru saxovat koʻrsatishga, doimo yaxshilik qilish va kek saqlamaslikka chorlab, sabr-qanoatli bo'lishga undaydi; hayotdagi qiyinchiliklar Allohning bir sinovi ekani, ular oldida esankiramay, muammolarga yechim izlash, doimo olg'a intilish zarurligini uqtiradi, oʻquvchida shukronalik tuygʻularini uyg'otadi. Kitob keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.

Hayot uzun yo'l kabidir. Bu yo'l kapalak umrichalik: qisqa ham, uzun ham emas. Har soniya qayergadir boramiz , yo'lovchiga aylanamiz. Masalan, sen ham hozir bir yo'lchisan. Bu kitob esa yo'llaringda hamrohing va do'stinnga aylansin.
Qani endi orqangni devorga ber, qahvangdan ho'pla va sahifalarni varaqlashni boshla!
Keyingisi - yo'qotganlar bekati.
Yo'qotishni hayotning unashtirilgan qaylig'i desa ham bo'ladi, sababi hammamiz hayotda nimanidir, kimnidir yo'qotganmiz yoki bir kun, albatta yo'qotamiz.
Yo'qotish o'limga o'xshaydi. Undan qochib qutulolmaysan. O'limdan farqi azoblanasan, biroq jon berolmaysan. O'ldirmagan azob esa insonni yana ham kuchli qiladi.
Kel, yo'qtib ko'rgan va hali yo'qotishga ulgurmaganlarni ikki guruhga ajratamiz. Birinchi yo'qotganlardan boshlaymizmi? Qo'rqdingmi? Qo'rqma, aslo qo'rqma! Oldin nimanidir yo'qotgan bo'lsang, bu sen uchun hammasi tugaganini anglatmaydi va bu sening hayotingdagi so'nggi bekating ham emas. Yo'lnig davomi bor. Bunda joning azoblanishi, o'zing parcha - parcha bo'lib ketishing,
charchashing ham mumkin. Biroq ishonaver, har bir chekkan azobing natijaga arziydi.
Chunki bu bekat senga noyob tajriba beradi.
Ba’zan yo‘qotmoq ham go‘zal. Chunki yo‘qotishlar ortidan ajoyib zafarlar keladi.
Bugun nimalarnidir yo'qotishing, yiqilishing
mumkin, ba’zan ehtiyoj sezgan yaqinlaring
yoningda bo‘may, muammolar ichida yolg‘z
qolib ketishing ham ehtimol.
Bularni aslo dard sanama. Yo‘qotishlarning azobi ogir, jafosi achchiq. Ammo shunchasiga qaramasdan, qaytadan oyoqda tik
tura olish hissi go‘zal. Buni so'z bilan ifodalab his qildirolmasam kerak. Bular tushuntirilmaydi, his qilinadi. Ba’zan biror narsaga
erishish uchun nimalardandir voz kechish
lozim.
Tajriba deganlari osonlikcha qo'lga
kiritilmaydi. Pishish uchun biroz yonmoq kerak. Vaqti kelganda shu olovda yonishga ham
rozi bo‘lish kerak. Shularga tayyor bo‘lsang,
bu o‘tdan eson-omon va kuchli bo'lib chiqasan.
Ikkinchisi hali yo‘qotishlarga
to‘qnashmaganlar guruhi. Sizlar omadlisiz.
Eng kamida, hozircha omadlisiz. Chunki bir
kun yo'qotib qo‘yishingiz mumkin
narsalarga hozir egasiz. Balki shu gaplarni o'qiyotib, mendan jahlingiz chiqar. Biroq do'st
achitib gapiradi.
Updated on
Oct 24, 2023

Data safety

Safety starts with understanding how developers collect and share your data. Data privacy and security practices may vary based on your use, region, and age. The developer provided this information and may update it over time.
No data shared with third parties
Learn more about how developers declare sharing
No data collected
Learn more about how developers declare collection

What's new

- Matnni lotin yoki krill yozuvlariga o'zgartira olish
- Matnni istalgan o'lchamga keltira olish.
- Tungi rejimni yoqish
- Matn rangini o'zgartira olish
- Matn orqa foni rangini o'zgartira olish
- Matn stilini o'zgartira olish
va yana boshqa imkoniyat mavjud.