Lalu: Homiladorlik kalendari

4.5
11K reviews
100K+
Downloads
Content rating
Everyone
Screenshot image
Screenshot image
Screenshot image
Screenshot image
Screenshot image
Screenshot image

About this app

Lalu’da yosh onalar va har bir homilador ayol uchun bola parvarishlash hamda homiladorlik davri davomida muhim va foydali bo‘lgan maʼlumotlar:

Homiladorlik kalendari, ona hamda homiladagi haftalik o'zgarishlar, homiladorlikda ovqatlanish tartibi, kundalik maslahat va tavsiyalar, chaqaloq parvarishi, bolaning haftalik va oylik rivojlanish kalendari, emlash jadvali, muhim vositalar hamda boshqa yosh onalar bilan muloqot qilish imkoniyati, umuman homiladorlik davri va bola parvarishi jarayonida asqatadigan zarur bilim va ko'nikmalar mavjud!

Ayol hayotidagi hayajonli davrning biri homiladorlik bo‘lsa, ikkinchisi albatta shirin farzandining kun sayin ulg‘ayishini kuzatishdir.
Bu paytlarda yosh onada, shuningdek yosh oilada his-tuyg‘ular shunchalik jo‘sh-uradiki ularning sof va nozik tuyg‘ularini kapalak qanot qoqishiga qiyos etish mumkin!

Keling, ajib va ​​takrorlanmas davrni Lalu bilan birga o‘tkazing. Bizning kapalak siymomiz sizni har kuni, har dam qiziq va sehrli olamga eltadi.

Xo‘sh, biz bilan takrorlanmas hissiyotlarga sho‘ng‘ishga tayyormisiz, unda hoziroq ilovani homiladorlik kalendari (taqvimi) bilan birgalikda yuklab oling. Hamda sog‘lom farzand dunyoga keltirish, uni parvarishlash singari masʼuliyatli vazifani Laluʼda olgan bilimlaringizga tayangan holda osonroq ado eting.

Yangilangan mobil ilovamiz sizga butun homiladorlik davri hamda bola parvarishlash jarayonida asqatadigan quyidagi funksiyalarni taqdim etadi:

Homiladorlik kalendari - 40 hafta davomida homilangizdagi va sizdagi o‘zgarishlar, homiladorlikda to‘g‘ri ovqatlanish, ginekolog maslahatlari, muddatingizga mos ravishda tavsiya qilingan tibbiy tekshiruv rejalari haqida maʼlumotlar;

Homila rivojlanish ko‘rsatkichlari - Homilangizning haftalik o‘lchamlari, yurak urushlar soni hamda ilmiy tasdiqlangan tavsiya va maʼlumotlar;

Bola rivojlanishi kalendari - Chaqaloqning chilla davri va uning bir oylikdan bir yoshigacha bo‘lgan rivojlanishi bayon qilingan foydali taqvim. Kalendar orqali bola ovqatlanishi, uyqusi, psixologiyasi, qobiliyatlari va boshqa ko‘plab o‘zgarishlarini oyma-oy kuzatib borish imkoniyati;

Chaqaloq parvarishi bo‘yicha foydali ko‘rsatmalar va boshqa ko‘plab foydali ko‘nikmalarni o‘rganish;

Emlash taqvimi - emlash vaqtlari haqida bildirishnoma olish va emlanganlikni qayd qilish vositasi;

Vazn nazorati - homilador ayol hamda yosh bolalarni to‘g‘ri va sog‘lom rivojlanishini asosiy ko‘rsatkichi bo‘lgan og‘rilikni nazorat qilish imkoniyati;

Mashqlar - Homiladorlar uchun mo‘lajallangan muhim va zaruriy mashqlar to‘plami hamda bajarish ketma-ketliklari;

Ismlar maʼnosi - Bo‘lajak farzandingizga chiroyli va maʼnoli ism tanlash uchun maxsus bo‘lim. Bu bo'limda ismlar ma'nosi haqida ma'lumot olib, yoqtirgan ismlar ro'yxatingizni ham shakllantirishingiz mumkin;

Maqolalar - Ushbu bo‘limi orqali o‘zingizni qiziqtirgan homiladorlik davri va bola parvarishlash bo‘yicha foydali hamda ilmiy tasdiqlangan maʼlumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

Lalu hamjamiyati - Boshqa homilador ayollar va yosh onalar bilan fikr va tajriba almashish uchun ilovamizdan foydalaning.

Va yana ko‘plab qizqarli va zarur vositalar…

Lalu barcha bolalar sog‘lom bo‘lishini xohlaydi!

Agar ilova yuzasidan savol yoki takliflaringiz bo‘lsa, shuningdek ilova ishlashi bilan bog‘liq muammo kuzatilsa, biz bilan bog‘laning!
Updated on
Nov 15, 2023

Data safety

Safety starts with understanding how developers collect and share your data. Data privacy and security practices may vary based on your use, region, and age. The developer provided this information and may update it over time.
This app may share these data types with third parties
Device or other IDs
This app may collect these data types
Personal info, Messages and 3 others
Data is encrypted in transit
You can request that data be deleted

Ratings and reviews

4.5
10.9K reviews
Маржона Набиева
January 3, 2024
Information about pregnant women is given very essential
1 person found this review helpful
Did you find this helpful?
Ayollar kundaligi va Homiladorlik kalendari
February 2, 2024
Thank you so much for your feedback.
Mounira Izzatullayeva
January 9, 2023
I reeaally like this app, it helps a lot for users to know about their condition step by step. Thanks for useful content😊
10 people found this review helpful
Did you find this helpful?
Ayollar kundaligi va Homiladorlik kalendari
January 19, 2023
Dear User, thank you very much for sharing your valuable & useful feedback. If you have other feedback or suggestions, please write to us at https://t.me/lalusupport. We would love to hear from you!
Mohlaroyim Botirova
March 15, 2022
Very useful and easy app to use, full of handy info Awesome))
11 people found this review helpful
Did you find this helpful?
Ayollar kundaligi va Homiladorlik kalendari
September 22, 2022
Thank you so much for your review!

What's new

Hurmatli Lalu hamjamiyati, ushbu yangilanish texnik yangilanish bo‘lib, bu ilovani yanada yaxshiroq va qulayroq bo‘lishiga imkon beradi. Endi ilovaga Google va Apple hisobingiz orqali osonlikcha kirishingiz, hamda mavjud Lalu hisobingingizni ularga biriktirishingiz mumkin. Shuningdek, kichik optimallashtirish ishlari amalga oshirildi. Siz bilan ekanligimizdan juda xursandmiz. Hurmat bilan, Lalu jamoasi.